21 sen 16:39
Yangiliklar
Dzyudo
Termizdagi "Judo Sport Club"da istedodlar kamol topmoqda + FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida dzyudo yakkakurash sport turi bilan shug'ullanayotgan yoshlar soni kundan-kunga ortib boryapti.
Jumladan, 2022 yilda O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan Termiz shahridagi 9-umumtalim maktabi hududida bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan dzyudo zali har kuni bolalar bilan gavjum.
Bugungi kunda "Judo Sport Club"ida 148 nafar yosh dzyudochi olimpiya oilasiga mansub ushbu sport turi bilan muntazam shug'ullanib kelyapti. Ularga murabbiylardan Sunnatilo To'raev, Bozor Abdurahimov va Anna Zamanova dzyudo sir-asrorlarini o'rgatmoqda. Dzyudoni tanlagan qizlar soni ham kun sayin ortib boryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar