23 avg 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
TGB Promotions Matias - Ergashev jangi huquqini qo'lga kiritdi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) buyrug'iga ko'ra kamar uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan puerto-rikolik Sabriel Matias hamda hamyurtimiz SHohjahon Ergashev jangi uchun proumouterlik savdosi tashkil etildi.
Aukcionda TGB Promotions g'olib bo'ldi. IBF ikki bokschining ham promouterlariga 7 kun muhlat bergandi. Bu muddat ichida tomonlar jangning moliyaviy taqsimotini kelishib olishi kerak edi, biroq yakunda promouterlar murosaga kela olishmagan. Endi Ergashev - Matias jangini TGB Promotions tashkil qiladi.
Jangni tashkil qiluvchi promoushen tomonlarga umumiy 510 ming AQSH dollari ajratadi. Jang qanday natija bilan yakunlanishidan qatiy nazar chempion Sabriel Matias Ergashevga qarshi bahsdan 357 ming AQSH dollari, O'zbekiston vakili esa 153 ming dollar daromad oladi.
Tez orada jangning sanasi va manziliga oydinlik kiritiladi.
Havola :
Manba : qalampir.uz
Fikrlar