30 iyu 07:08
Yangiliklar

"Tilla bola" zamonamizning kuchli uch bokschisini aytdi
Olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni ushbu ro'yxatni vazn toifasidan qatiy nazar tuzib chiqdi. Ro'yxatning birinchi pog'onasidan to'rtta vaznda jahon chempioni, meksikalik Saul "Kanelo" Alvares joy oldi. Kuchli uchlikka amerikalik Terens Krouford hamda ukrainalik Vasiliy Lomachenko yakun yasab bergan.
"Birinchi o'ringa hech ikkilanishsiz Kaneloni qo'ydim. U jang o'tkazgan va o'tkazish istagida bo'lgan bokschilar ro'yxatiga etibor qarating. SHuning o'ziyoq mening tanlovim qanchalik to'g'ri ekaniga isbot bo'la oladi. Saul kuchli raqiblarni tanlaydi va shu bilan bir qatorda gonorar talashmaydi. Hatto, jangim uchun qancha haq olaman deb ham so'ramaydi. Krouford va Lomachenko esa bir xil darajadagi yulduzlar", — dedi de la Xoyya.
Fikrlar