15 dek 13:01
Yangiliklar

Tim Czyu Jermell CHarloga qarshi jang haqida gapirdi
"Men bu erga uni qanday mag'lub etishim haqida bahslashish uchun kelganim yo'q. Buni ringda ko'rsatishim kerak. Bu juda oddiy, menda tajriba bor. Biz ularga ko'rsatamiz. Oldinda eng qiyin sinov kutib turibdi. Jermell bizning divizionda qirol.
Agar siz buyuk bo'lishni istasangiz, buyuk ishlarni qilishingiz kerak. Avstraliyada men kichik hovuzdagi katta baliq edim. AQSHda hammasi butunlay boshqacha. Go'yoki katta okeandaman va bu erda hammasi juda muhim.
SHunchaki boks orqali imkon qadar ko'proq odamlarni ilhomlantirmoqchiman. Biz ko'pchilikning etiborini tortamiz, ko'p odamlar bizga ergashadi. Siz bu kuchni ijobiy tomonga yo'naltirib, ularning hayotini o'zgartira olishingiz eng muhimi", - Tim Czyu.
Eslatib o'tamiz, Tim Czyuning Jermel CHarloga qarshi 28 yanvar kuni ringga ko'tariladi.
Fikrlar