25 okt 13:47
Yangiliklar

Timoti Jonson Emelyanenkodan qabul qilgan mag'lubiyatiga izoh berdi
Amerikalik yakkakurash ustasi jang kelishilgan xarakterga ega degan malumot tarqatayotganlarga javob berdi.
"Ayrim odamlarning bo'sh vaqti shunchalik ko'pligidan, uni bemani gaplarni yozish, tarqatishga sarflashyapti. Qatiy aytaman, yo'q, bu kelishilgan jang emasdi. Mening zalvorli zarbalarim va aksincha o'zim o'tkazib yuborgan kuchli zarbalarimni ko'rish uchun ko'zoynak shart emasdi. Fyodor har qanday insonni nokautga tushira oladigan zarba nuqtasini topa oldi. Umid qilamanki, men 45 yoshimda jang qilmayman. Lekin o'sha yoshda aynan Fyodordek bo'lishni xohlardim", - dedi Jonson.
Timoti Jonsonning fikricha, Emelyanenko bemalol divizionning amaldagi chempioni Rayan Beyderga qarshi jang o'tkaza oladi. Buning uchun tashkilot prezidenti bilan gaplashib olishi lozim.
Fikrlar