04 okt 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Tojikistonlik bokschi Osiyo o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritdi
Osiyo o'yinlarida -92 kg vazn toifasida barcha g'olib va sovrindorlar aniq bo'ldi.
Ushbu vazn toifasida tojikistonlik bokschi Davlat Boltaev finalda xitoylik Xuejen Xanni 3:2 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Mazkur vaznda bronza medallarni qozog'istonlik Sagindik Togambay va Koreya Respublikasi vakili Jaeming Jeong qo'lga kiritdi. -92 kg vazn toifasida Osiyo o'yinlarida O'zbekiston nomidan Lazizbek Mullojonov ishtirok etgandi. Afsuski hamyurtimiz chorak finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar