07 fev 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Tojikistonlik chempion SHavkat Rahimov aprelda o'z kamarini himoya qiladi
Tojikistonlik bokschi, IBFning ikkinchi yarimengil vazn toifasidagi chempioni SHavkat Rahimov navbatdagi jangini 22 aprel kuni Kardiffda o'tkazadi.
"Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan mazkur jang oqshomida Rahimov o'z kamarini britaniyalik Jo Kordinadan himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli SHavkat Rahimov 2022 yilning noyabr oyida Zelfa Barettaga qarshi jangda raqibini to'qqizinchi raundda muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan va vakant bo'lib turgan IBF kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar