16 okt 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Tojikistonlik UFC jangchisining keyingi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Yarim engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi tojikistonlik aralash yakkakurash ustasi Muhammad Naimovning navbatdagi jangi tafsilotlari oydinlashdi.
31 yashar sportchi 22 noyabr kuni Qatarda o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko'tariladi. Unga turnir doirasida TUF 32 shousining braziliyalik g'olibi Mayron Santos qarshilik qiladi.
Naimov karerasi davomida 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, 25 yoshli Santosning rekordi 16-1-0 ko'rinishida.
Havola :
Manba : AG Fight
Fikrlar