So’nggi yangiliklar

18:39Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..." 0 18:17Жаҳон чемпионати. Волейболчиларимиз Пуэрто-Рикони мағлуб этишди 0 17:57Профессионал боксчи Жамшид Нажмиддинов "Octagon 76" турнирида жанг қилди 0 17:36Пимблетт нима учун Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини тушунтирди 0 17:15Қозоғистонлик теннис маликаси АҚШ пойтахтидаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 16:54"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин 0 16:33Илия Топурия қандай ҳолатда Маддалена билан жанг қилишини айтди 0 16:12Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикет Кенгаши аъзолигига расман қабул қилинди 0 15:51Бугун Богдан Гусков UFC'даги навбатдаги жангини ўтказади (жанг вақти + трансляция) 0 15:30Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди 0 15:09Байдаркачимиз Арина Танатмишева жаҳон чемпионатида кумуш медалга сазовор бўлди 0 14:48Леннокс Льюис супероғир вазнда кейинги мутлақ чемпион ким бўлишини айтди 0 14:27Esports World Cup Chess. Синдаров 1,5 млн долларлик мусобақанинг саралашини муваффақиятли бошлади 0 14:06"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди 0 13:45"Хабиб UFC’нинг учта дивизионини тозалаши мумкин эди" - Хавьер Мендес 0

28 iyu 16:58
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Tokio-2020

Tokio-2020. Davlat Bobonovda medal, bokschimizga esa nohaqlik qilishdi

28 iyul kuni Olimpiya o'yinlarining beshinchi kun bahslari o'tkazildi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

Sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Dzyudo: Gulnoza Matniyazova (ikkinchi jangida mag'lubiyat)

Dzyudo: Davlat Bobonov (BRONZA medali)

Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov (1/8 finalda mag'lubiyat)

Boks: Dilshod Ro'zmetov (1/8 finalda mag'lubiyat)




SHu tariqa, kunlik onlayn matnli translyaciya o'z yakuniga etdi. 

16:41. Dilshodbek Ro'zmetov imkoniyatni 1:4 hisobida boy berib qo'ydi. Afsus. U ozarbayjonlik Alfonso Domingesga yutqazdi.


16:19. Birozdan so'ng Dilshodbek Ro'zmetovning jangi boshlanadi.


15:56 Erkaklar o'rtasidagi -90 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahs yakuniga etdi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov turkiyalik Mixael Zgank to'qnash keldi va raqibini mag'lub etdi

14:54. Bobonov endi bronza medali uchun Turkiya dzyudochisi Mixael Zgankka qarshi bahs yuritadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 15:20 dan so'ng boshlanadi. 


14:26. G'alaba! Bobonov Golden Score'ning oltinchi daqiqasida g'alabaga erishdi! Endi u bronza uchun kurashadi. 


14:06. Nihoyat Davlat Bobonov ishtirokidagi jang boshlanmoqda.


13:33. Hozirda ayollar o'rtasidagi o'tish va yarim final bahslari o'tkazilmoqda. Bellashuvlar biroz cho'zilmoqda. Yana bitta jangdan keyin Bobonovning jangi boshlanadi.


13:18. Yana birozdan so'ng Davlat Bobonovning bronza medali uchun o'tish yo'lidagi jangi boshlanadi. Taxminan 13:30 dan so'ng sportchimiz tatamiga chiqadi. 


13:11. "Sport" kanalida dzyudo bahslarining translyaciyasi boshlanmoqda. Demak, nihoyat Davlat Bobonovning jangini tomosha qilamiz. 


11:11. Dzyudo. Bobonov jahon chempionati finali uchun revansh oladimi?


10:35. Endi Bobonov bronza medali uchun o'tish jangida Ispaniya sharafini himoya qiladigan Nikolas SHerazadishvili bilan bellashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 13:20 dan so'ng boshlanadi.


10:33. Davlat Bobonov chorak finalda ikki karra jahon chempioni hisoblangan gruziyalik Lasha Beshauriga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza uchun kurashadi


9:44. Endi Davlat yarim final yo'llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi bahs yuritadi. Mazkur jang taxminan 10:15 dan so'ng boshlanadi.


9:42. Davlat Bobonov ukrainalik Kedjau Nabaliga qarshi bahsda IPPON evaziga g'alaba qozondi!


9:23. Birozdan so'ng dzyudochimiz Davlatbek Bobonov ikkinchi jangini o'tkazadi. Raqib - ukrainalik Kedjau Nabali.


9:05. Malumot uchun, Olimpiya o'yinlarida protest berish mumkin emas. Mazkur qoida faqat AIBA shafeligida o'tkaziladigan musobaqalarda amal qiladi. 


8:53. Kutilmagan xabar: Hakamlar -57 kg vaznli bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilovni ochiqchasiga "chopishdi". Bokschimiz jangda yaqqol ustunlikka erishgandi. Biroq, hakamlar nima uchundir irlandiyalik bokschining g'alabasini qayd etishdi...


8:28. Birozdan so'ng Mirazizbek Mirzaxalilovning irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jangi boshlanadi. Soat 8:35 dan boshlab tomosha qilamiz.


8:15. Gulnoza Matniyazova niderlandiyalik raqibasiga ippon evaziga yutqazib qo'ydi. Afsus.


8:12. Bobonovga kelasi bosqichda ukrainalik Kedjau Nabali raqiblik qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00dan so'ng boshlanadi.


8:05. Birozdan so'ng Gulnoza Matniyazovaning niderlandiyalik Sanne Dijkega qarshi bahsi boshlanadi. Malumot uchun, bo'lajak raqib - jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. 


7:56. Dzyudo. Davlatbek Bobonov italiyalik Nikolas Mungaini mag'lub etdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi! U 26-soniyada olingan vazari bahosi evaziga bahsni o'z foydasiga hal qildi.


7:39. Davlat Bobonov ishtirokidagi jang kutilganidan oldinroq boshlanmoqda. Sportchimiz ilk bellashuvni italiyalik Nikolas Mungaiga qarshi o'tkazadi.


7:14. Gulnoza Matniyazova endi ikkinchi bahsda niderlandiya vakilasi Sanne Dijkega qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 8:30dan so'ng boshlanadi.


7:03. Dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova CHad Respublikasi vakili Demos Memnelumni soniyalar ichida mag'lubiyatga uchratdi!


06:48. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbek sportchilarining Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokiga bag'ishlangan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


28 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

7:00 - Dzyudo: Gulnoza Matniyazova

8:15 - Dzyudo: Davlat Bobonov

8:35 - Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov

16:25 - Boks: Dilshod Ro'zmetov

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Reyting: +9   

Fikrlar

+10   
28 iyu 09:02:58
Artur7001
Коррупция фақат биздами десам дунёни эгаллаб бўлибти. Олимпиада шундай бўлса умуман спортни кўришни йиғиштириш керак. Нима бу ноҳақлик буларни назорат қиладиган йўқми. Ҳамма кўриб турибдику эҳҳҳ миразиз боксинггаям айниқса ҳакамларингга деб кетворади. Синдиришди очиқчасига.
+10   
28 iyu 08:56:32
Izzatbek Karimov
Mirazizbek ? Shunaqa xolatlarni kòrsen sportgayam devorasanda.....
+9   
28 iyu 08:56:22
panasia
Bir ukrainalik hakam hamma raundni Mirzahalilga berdi(
+6   
28 iyu 08:55:20
Tohirkhon R. Nurdinov
Juda noxaqlik bo'ldi! Hakamlar sotib olingan!
+6   
28 iyu 08:54:28
Durimov Ro'zimboy
Onasini emsin hakamlar, bitta ham ura olmaganga berivorishdii
+5   
28 iyu 09:56:03
Bobur Sadullayev
Бола утириб утириб хар замон алам килиб кетобди сизларда хам шунака булобдими
+5   
28 iyu 09:02:38
Elshodxan Asliddinovich
Kuba,Amerikalik hakamlar oltin medalimizdan mahrum qilishdi.Kubaliklar iflos boladi
+4   
28 iyu 16:45:27
Samatov
RÓZMETOV TOZA YUTQIZDI ZBOR GA TORTMASAKAN BU JANGI BILAN RAQIB HAM KUCHLI EKAN
+4   
28 iyu 10:46:27
Sherozbek Toshmatov
Bizda dzyudoni yoʻqotish kerak yo yangi qon olib kirish kerak. Bu yil dzyudo nolga teng axir 10 ta dzyudochi borgan boʻlsa. Rosti asab buziladida vatan shaʼnini shunaqib sharmanda qilsa
+4   
28 iyu 08:56:13
Durimov Ro'zimboy
Mirzabek biz uchun chempion, ochiqchasiga chopishdi
+3   
28 iyu 14:37:39
Raul gonzales 7
Davlat Bobonovdan bronza kutamiz hudo hohlasa olamiz
+3   
28 iyu 09:00:05
Boks boks
Аппелляция берищ керак срочно мобада агар бошка босчига уйнаган бумаса ким билади балким узларинг эркатайларига ачко алиб куябдими уйини куп буларни
+3   
28 iyu 08:59:34
Bek Zaoiriv
Rostan iflosakan bu hakamlari
+3   
28 iyu 08:57:40
Azizbek Rustamovich
Ochiqchasiga nohaqlik. Bokschilarimiz boykot berishi kerak. Yoki haqiqat yoki hech narsa. Birdamlik kerak shu yerda. Mirazizga nagli nohaqlik qilishdi. Yaqinda Osiyo chempionatida ham shunday qilishgandi
+2   
28 iyu 16:50:46
Boks boks
Ой бля нима булди бу олимпиода вапще настирение о булдику ака укалар нима ьуп кетти куриш хам кизиги йук булдию соткинлар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing