So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

30 iyu 07:03
Yangiliklar

Tadbirlar

Tokio-2020 licenziati “Tahsin-2021” tanlovi g'olibi bo'ldi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ilm-fan, sport, xalqaro aloqalar, madaniyat, innovaciya, tibbiyot va boshqa sohalarda mamlakat rivojiga katta hissa qo'shgan istedodli yoshlarni taqdirlash uchun Tahsin mukofoti tasis etilgan bo'lib, mazkur tanlovning bu yilgi taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri maydonida o'tkazildi. G'oliblarini aniqlash uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan 28 ta nominaciya bo'yicha 500 nafardan ortiq nomzodlar tavsiya etilgan. 

Ular ichidan mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida ko'rsatgan xizmatlari, faolligi va munosib mehnatlari bilan namuna bo'lgan g'oliblar saralab olindi va ularga «Tahsin-2021» milliy mukofoti topshirildi. Ular orasida bir qator yosh va istedodli sportchilarimiz: badiiy gimnastikachi, Tokio-2020 licenziati Sabina Tashkenbaeva, shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov laureatlar qatoridan joy olishdi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, tanlovning bir qator yo'nalishdagi g'oliblariga mukofotlarni topshirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing