So’nggi yangiliklar

18:25МакГрегор ўз рекордини Хабиб, Топурия ва Махачевнинг рекорди билан солиштирди 0 18:02UFC ҳар йили Забит Магомедшариповга қайтишни таклиф қилади 0 17:38Флойд Мейвезер фаолиятидаги энг муҳим 7 та ғалабасини санаб берди 0 17:17"Элит футболчи бўлади". Машҳур скаут — Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги истиқболи ҳақида 0 16:54Анкалаев: "Мен августда жанг қилишга рози бўлганимдан сўнг, Перейра реваншни истамаётгандек туюлмоқда" 0 16:28Александр Волков июнь ойидаги UFC турнирида жанг қилиши мумкин 0 16:05Хельвани: "Белал Муҳаммад UFC чемпионлигидан айрилиши мумкин" 0 15:39АПЛнинг мавсумдаги энг тезкор футболчиси аниқланди 0 15:17Чисора чемпион бўлган тақдирда ҳам фаолиятини якунлайди 0 14:52Жозеф Спенсер жамоаси беш кун қолганида Тим Цзю билан жанг қилишдан бор тортмоқда, сабаби ўзига хос! 0 14:26PFL World Tournament 1 турнирининг тўлиқ карди, бошланиш вақти ва манзили аниқ! 0 14:05Карло Анчелотти 4:4 ҳақида: "Реал" уйида ҳеч қачон таслим бўлмайди" 0 13:44Ўзбекистон иштирок этадиган ЖЧ учун чипталар сотувга чиқарилди 0 13:23Расман. Конорнинг "издоши" UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 13:02Фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв мавсумни Жаҳон рейтингида нечанчи ўринда якунлашгани маълум бўлди 0

25 iyu 18:19
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Tokio-2020. O'zbekistonga ilk oltin medalni Ulug'bek Rashitov taqdim etdi

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 25 iyul kuni Tokio Olimpiadasining ikkinchi kun bahslari o'tkazildi.

Olimpiadaning ikkinchi kunida taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov oltin medalni qo'lga kiritdi va delegaciyamizga ilk oltin medalni qo'shib qo'ydi. 

Olamsport.com sayti o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokidan matnli translyaciya olib bordi.




Barcha sport muxlislarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Bizni kuzatishda davom eting! SHuning bilan bugungi matnli translyaciyamiz o'z yakuniga etdi. 


17:58. OLTIN!!!! Ulug'bek Rashitov finalda britaniyalik Bredli Sindenni 34:29 hisobida mag'lub etdi va Olimpiya o'yinlarining chempioniga aylandi!


17:54. Adhamjon Ergashevning urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi va oltinchi o'rin bilan ishtirokini yakunladi. 


17:45. Ulug'bek Rashitovning final jangi boshlandi!


17:27. Adhamjon Ergashev siltab ko'tarish bahslarini boshladi. U ilk urinishda 173 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi.


17:08. Dilshodbek Ro'zmetov irlandiyalik Emmet Brennanga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.


16:55. Dilshodbek Ro'zmetov ringga ko'tarilmoqda.


16:49. Ergashev dast ko'tarish bahslarini 8-o'rinda yakunladi.


16:18. Adhamjon ikkinchi urinishda 139 kg toshni ko'tardi.


16:15. Afsuski, Ergashev ilk urinishda 139 kg toshni ko'tara olmadi. 


16:03. Og'ir atletikada -67 kg vazn toifasida bahslar boshlandi. Unda hamyurtimiz Adhamjon Ergashev ham medal uchun kurashadi.  


15:01. Endi Elnur ikkinchi jangini Tojikiston vakili Bahodur Usmonovga qarshi o'tkazadi.


14:36. Elnur Abduraimov Olimpiadadagi ilk jangini mo'g'ulistonlik raqibga qarshi o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alabaga erishdi!


13:45. Ulug'bek Rashitovning finaldagi raqibi aniq bo'ldi. U oltin medal uchun britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 17:45 dan so'ng boshlanadi. 


13:19. Olga Zabelinskaya 137 km. masofaga poygada marraga 9-bo'lib etib keldi. U 67 nafar sportchi ichida shunday natijaga erishdi.


13:06. FINAL! Ulug'bek Rashitov yarim finalda bosniyalik raqibini 28:5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi! AJOYIB G'ALABA!


12:21. Velosportchimiz Olga Zabelinskaya 96 km. masofani bosib o'tdi... Marragacha oz vaqt qoldi! U ushbu masofani 2 soat 59 daqiqa va 4 soniya ichida bosib o'tdi. Etakchi Anna Kizenxofer (Avstriya)dan deyarli 6 daqiqaga ortda qolmoqda. Zabelinskaya hozircha 67 sportchi ichida 12-natijani qayd etmoqda.


12:02. Ulug'bek final yo'llanmasi uchun Bosniya va Gercogovina vakili Nejad Xushichga qarshi dayanga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 12:30 da boshlanadi. Bahsni tomosha qilish uchun havola > > > TOMOSHA QILISH


11:35. Ulug'bek Rashitov Olimpiada yarim finaliga yo'l oldi! U chorak final jangida eronlik Mirhashim Husayynini 34:22 hisobida mag'lubiyatga uchratdi!


10:45. Ulug'bek Rashitovning jangiga oz vaqt qoldi. Yana taxminan 20-30 daqiqa...


9:01. Velosport. SHosse bahslarida Olga Zabelinskaya 137 km. masofalik poygada bahsga kirishdi. Tajribali sportchimizdan ham medal kutyapmiz!


8:49. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov endi chorak finalda eronlik Mirahim Xosseiniga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 11:00da boshlanadi.


8:39. Taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov janubiy koreyalik Dae Xon Liga qarshi jang olib bordi. Vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan sportchiga qarshi kechgan jangda hamyurtimiz 21:19 hisobida g'alaba qozondi! Koreyalik sportchi vazn toifasida birinchi raqam, Rashitov esa oxirgi - 17-raqam ostida saralangandi. U qo'shimcha bo'limlarda oltin ochko evaziga g'alaba qozondi! Ajoyib! Takidlash lozimki, Ulug'bek jang davomida 11:17 hisobida ortda borayotib, super kambekni amalga oshira oldi!


7:53. Birozdan so'ng taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Olg'a, Ulug'bek!


7:47. Dzyudo. -52 kg vaznli Diyora Keldiyorova ilk jangidayoq mo'g'ulistonlik Sosobaram Lxagvasurenga ippon evaziga yutqazib qo'ydi. Exxxx....


Tokio-2020. O'zbekistonlik sportchilarning chiqishini qaysi telekanallar orqali tomosha qilish mumkin?


7:33. -66 kg vaznli dzyudochimiz Sardor Nurillaev ilk bosqichdagi jangini moldovalik raqibga qarshi o'tkazdi va Golden Score vaqtida jarohat sabab bahsni davom ettira olmadi. Afsus...

7:13. -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova polshalik raqibasiga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi!


6:35. Birozdan so'ng bokschimiz Tursunoy Rahimova bahsga kirishadi. SHuningdek dzyudochilarimiz kurashni boshlashadi. Ulug'bek Rashitovning ikkinchi jangi esa Toshkent vaqti bilan soat 8:05dan so'ng boshlanadi.


6:25. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov ilk bosqichda Mali vakili Seydu Fofanaga qarshi dayanga chiqdi va 38:17 hisobida g'alabaga erishdi. Endi u birozdan so'ng ikkinchi bosqichda taekvondo vatani vakili, vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi hisoblangan koreyalik raqibga qarshi bahs olib boradi.


6:18. Kunning dastlabki ishtirokini akademik eshkak eshuvchilarimiz boshlab berishdi. Xolmurzaev/Safaraliev tandemi o'tish bahsida startga chiqdi. Yigitlarimiz bahsni yaxshi boshlashgandi. Ammo yakunda charchab qolishdi va marraga to'rtinchi bo'lib etib kelishdi. Endi ular 6-o'rin uchun kurashishadi. Akademik eshkak eshishda medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'ldik.


6:01. Assalomu alaykum sport muxlislari. O'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokiga oid matnli translyaciyani boshlaymiz.


Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi:

6:10 - Akademik eshkak eshish: SHaxboz Xolmirzaev/Sobirjon Safaraliev 

6:15 - Taekvondo: Ulug'bek Rashitov (medallar uchun)

7:00 - Boks: Tursunoy Rahimova

7:00 - Dzyudo: Sardor Nurillaev (medallar uchun)

7:00 - Dzyudo: Diyora Keldiyorova (medallar uchun)

9:00 - Velosport: Olga Zabelinskaya (medallar uchun)

13:05 - Sport gimnastikasi: Oksana CHusovitina

14:20 - Boks: Elnur Abduraimov

15:50 - Og'ir atletika: Adhamjon Ergashev (medallar uchun)

16:45 - Boks: Dilshod Ro'zmetov

Kun davomida sportchilarimizning ishtirokidan onlayn natijalarni www.olamsport.com saytida kuzatib borishingiz mumkin. 

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Reyting: +10   

Fikrlar

+8   
25 iyu 11:34:04
Bobur 77777
Sport kanali kallasiga qotagim bunaqa kanali ozimizi sportchilarni oboromasa
+5   
25 iyu 15:58:28
Turg'unov Muzaffar
Shaxsan men Oksana chusovitina uchun fikr qoldrishga royxatdan otdim juda ajoyib yakun futbolchi Tori xam bunchalik yakunga erisholmagan butun dunyo sportchilari olqishi ostida xayrlashdi bunga xar tomonlama arzidi lekin Olompiada federatsiyamizga juda katta dars boldi dunyo sportchilari korsatgan xurmat pazor MOK
+5   
25 iyu 11:35:17
Adhamjon Sarimsaqov
Улугбек Рашитов галаба козонди. 34-22
+4   
25 iyu 11:53:38
Firdavs Mirzayev
http://pro.freestreams-live1.com/bein-sports-premium-3/ Mana bu ssilka orqali taekvondo bahslari ko'rsatilyapti, adminlar to'gri tushunasizlar deb umid qilaman, yurtimiz telekanallari olib bera olmayapti, ko'pchilik yurtdoshlarimiz hamyurtimizni jangini tomosha qilmoqchi, hozir barchani e'tibori Ulugʻbekda, soat 12:30 - 13:00larda yarim final, shunga iltimos, barcha bilan qoʻllab quvvatlaylik, nasib oltin medal olamiz bugun
+4   
25 iyu 11:34:35
Raul gonzales 7
Rashitov Yarim finalda
+4   
25 iyu 08:39:11
Team
Team foydalanuvchining fikriga javob berish
21:19
tugadi Yuttik
+4   
25 iyu 08:15:21
Gaffarov Muzaffar
Vooo manashu olimpiada translatsiyasini sotib olgan manqurt xoinla, nimani kelishkansanla sotib olayotkanda, uzimizikila qatnashkan vid sporti umuman translatsiya qimisanla deb shart quyib sotvoganmisanla, sanla rostan xoinni ishini qilyapsanla bunga sabab birinchidan shuncha xalqi bekor vaqtini ketqazyapsanla ikkinchisi essi translatsiyaga ketkan shuncha mablag. Translatsiya qilinadigan kanallani axvolini qara bittasi faqat zodagonla uchun Sport 2, yana bittasiniyam shundoq desak boladi Toshkent kanali, viloyatlilaga korish mumkin emas, yana bittasi 1 soat translatsiya bosa 1 soat anavi xu.. viy sedana yogini reklama qiladi, essiz sanlaga davlatti shuncha mablagi.
+3   
25 iyu 11:46:45
Акмалжон Арсенал
https://canlitv.center/trt-spor-yildiz
+3   
25 iyu 11:35:37
Акмалжон Арсенал
34:22 malades yarim finalga chiqdi
+3   
25 iyu 11:33:40
Adhamjon Sarimsaqov
32-17 Улугбек олдинда
+3   
25 iyu 11:30:55
Aziz Tillaboyev
Отасига рахмат Улуғбекни зўр жанг қилябди
+3   
25 iyu 08:48:56
Mirazim
Taekwandoni onlayn linki bormi?
+3   
25 iyu 06:40:11
Sarvar Ismoilov
Adminlar sport tv sharxlovchilariga aytinglar qayiqchilarimiz C finalga chiqqaniga ogzidan bol tomib maqtashyapti, bizni yigitlar umr boyi suvdan chiqmagan raqiblariga munosib qarshilik korsatgani jasorat ekan. Komil Jumayevga aytinglar biz cho'lda yashamaymiz toshkent dengiziyu samarqandda yangi qurilgan eshkak eshish kanalida hamma sharoitni qilib berishdi kamiga horijda ham mashgulot yiginlari tashkil qikib berilgandi. Bahonakashlikni qachon bas qilib aniq tanqidiy taxliliy sharxlasharkin bular
+2   
25 iyu 18:05:07
Akbarjon Turğunov
Barcha Õzbekistonliklarga oltin muborak!!!
+2   
25 iyu 18:01:24
Mirjalol94
Yangi chempion brinchi oltin medal muborak yurtdoshlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing