So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

28 iyu 11:10
Yangiliklar

Tadbirlar

Tokio-2020ga hududlarda qanday tayyorlanamiz?

2020 yili navbatdagi yozgi olimpiya va paralimpiya o'yinlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadi.

Ana shu nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik ko'rishni taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2821-son qarori qabul qilingan. So'ngra qaror ijrosi yuzasidan 2017 yil 26 martda Vazirlar Mahkamasining Respublika komissiyasi 1-son yig'ilish bayoni qabul qilingan bo'lib, unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda sport federaciyalari va uyushmalari rahbarlari tomonidan bir oy muddatda 2017-2020 yillarga mo'ljallangan hududiy Dasturni ishlab chiqish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan kelishilgan holda Respublika komissiyasiga taqdimot materiallari bilan kiritish vazifalari topshirilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasida viloyat hokimi o'rinbosarlari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari va Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi viloyat filiali direktorlari o'z hududiy dasturlarini  taqdim etishdi. Qo'mita rahbar hodimlari va sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktorlari hamda sport turlari bo'yicha federaciya vakillari, viloyatlardan tashrif buyurganlar ishtirokida ushbu dasturlar ko'rib chiqildi, yutuqlari etirof etilgani barobarida yo'l qo'yilgan kamchiliklar atroflicha tanqidiy muhokama qilindi.



Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, qilichbozliq, og'ir atletika, gimnastika, tennis federaciyalari,  Paralimpiya, sport kurashlari va taekvondo WTF associaciyasi vakillari tomonidan taqdimot materiallari talablarga javob berishi takidlandi.

Ammo Jizzax, Qashqadaryo, Farg'ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy va Namangan viloyatlari hamda o'q otish, dzyudo, boks, “Rowing & Canoe” (eshkak eshish), chim ustida xokkey, engil atletika, karate, velosport, suzish, ot sporti federaciyalarining taqdimot materiallari dasturda yoritilishi lozim bo'lgan savollarga aniq javob va chora-tadbirlar belgilangan holda tayyorlanmagani ko'zga tashlandi. 



Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 martdagi Respublika komissiyasi 1-son yig'ilish bayoni 38-bandida ko'rsatib o'tilgan dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organi va xo'jalik boshqaruvi, joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taminlash maqsadida bir hafta muddatda taqdimot materiallarini qayta va puxta ishlab chiqib viloyat hokimi, sport federaciyasi rahbari darajasida atroflicha muhokama etish; respublika dasturida belgilangan 17 ta ustuvor sport turidan kelib chiqib viloyatning ustuvor sport turlarini aniqlash; 2018 yil avgust oyida Buenos-Ayres shahrida (Argentina) o'tadigan III o'smirlar Olimpiada o'yinlari hamda 2018 yil sentyabr oyida Jakarta va Palembang shaharlari (Indoneziya) mezbonlik qiladigan Osiyo va Parosiyo o'yinlariga viloyatdan nomzod bo'lgan sportchilarni aniqlash va ularning munosib tayyorgarlik ko'rishi bo'yicha shart-sharoit yaratish; amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq tahliliy malumotlar hamda materiallarni taqdim etib borish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining Oliy sport yutuqlari boshqarmasiga asoslangan tadqimot materiallarini taqdim etish vazifalari yuklatildi.

Dzyudo, boks, “Rowing & Canoe”, ot sporti, qilichbozliq, engil atletika, og'ir atletika, karate, gimnastika, tennis, chim ustida xokkey federaciyalari, Paralimpiya, sport kurashlari associaciyalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2821-son qarorini bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing