20 mar 18:47
Yangiliklar
Tadbirlar
Tokio Olimpiadasi mashalasining taqdimoti o'tkazildi FOTO
Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 2020 yili bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari mashalasining taqdimoti o'tkazildi.
Mashala alyuminiy metalidan tayyorlargan bo'lib, 1,2 kilogramm og'irlikka ega.
Mashalaning tepa qismi Yaponiya ramzlaridan biri hisoblanmish sakura gulini eslatib yuboradi. Olov uning har bir bargidan chiqadi va oxirida yaxlitlik hosil qiladi.
Mashalaning ahamiyatli jihati shundaki, uning tarkibidagi alyuminiy 2011 yil mart oyida mamlakat shimoliy-g'arbida ro'y bergan cunami va zilzila natijasida aholiga vaqtinchalik xizmat qilgan boshpanalardan olingan.
SHu tariqa mashala dizaynerlari roppa-rosa 8 yil avval ro'y bergan tabiiy ofat natijasida halok bo'lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar