So’nggi yangiliklar

09:38Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди 0 09:17Топурия рафиқаси билан сулҳ тузди, у октагонга қайтишга тайёрланмоқда 0 08:56Расман: 2029 йилги қишки Осиё ўйинлари мезбонлиги Қозоғистонга берилди 0 08:30Яна бир UFC жангчиси Mangu 1 турнирига ташриф буюради 0 19:15Фабио Каннаваро: "Футболчи 17–19 ёшда тайёр бўлса, МТЖга чақирилиши лозим. Нега уларни U-21, U-23 жамоаларида қолдиришимиз керак?" 0 18:52Флойд Мэйвезерда суд иши: Боксчи ўзини 340 миллион долларга алданган деб ҳисобламоқда 0 18:27Ҳамюртларимиз Осиё чемпионатида қитъа ва жаҳон рекордини янгилашди 0 18:02"Мен Махачев ёки Чимаев билан жангларда ўзимни ғолиб сифатида кўряпман" - Диаз 0 17:39"Манчестер Сити" раҳбарияти Гвардиола борасида жиддий хавотирда 0 17:17"Икки маст эркак уришгандек кўринди". Нурмагомедов Пимблетт ва Гэтжи жанги ҳақида гапирди 0 16:52Чендлер Топурия ва Гэтжи ўртасидаги эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:30Иман Хелиф тан олди 0 16:03Кантедан кейинги шов-шувли қадам: "Фенербахче" юлдуз форвардни нишонга олди 0 15:39Маҳмуд Мурадов Наврўз куни чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 15:18Чарльз Оливейра Макс Холлоуэй билан жангда ғалаба қозонишнинг асосий омилини айтди 0

17 iyu 17:49
Yangiliklar

Taekvondo

Tokio Olimpiadasi uchun reja, hakamlik va boshqa mavzular. SHerzod Toshmatov taekvondo WTF associaciyasi raisi sifatida matbuot anjumanida qatnashdi

Xabar berib o'tganimizdek, bugun O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasiga SHerzod Toshmatov rais sifatida saylandi.

Bungacha mazkur lavozimda Ahmadjon Rahimov faoliyat yuritib kelayotgandi. O'z vaqtida boks sohasida faoliyat olib borgan SHerzod Toshmatov bugun o'tkazilgan hisobot-saylov konferenciyasidan so'ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi. 

"Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. O'zbekistonda sportga etibor kuchli. Yurtboshimiz SHavkat Miromonovich tomonidan sportni rivojlantirish, ommaviylashtirish bo'yicha katta imkoniyatlar yaratib berilgan. O'zim bir necha yildan buyon sport sohasining ichidaman. Taekvondo associaciyasidagi kabi baza, sport zallari umuman bunday infrastrukturani yaratishning o'zi oson ish emas. Yuqori natijalarga erishish uchun bir yoqadan bosh chiqarib ishlashimiz lozim. Ajratilgan mablag'larni unumli, samarali sarflashimiz lozim. Olimpiya o'yinlariga oz vaqt qoldi. Buni barcha tushunib turibdi. Nasib etsa, o'zimiz uchun aniq bir yo'lni belgilab olamiz va o'sha reja asosida faoliyat yuritamiz", - dedi Toshmatov konferenciya davomida. 


SHundan so'ng ommaviy axborot vositalari xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan SHerzod Toshmatovga murojaat qilishdi. 

Har bir yo'nalishda ish olib boramiz

Sportda natija o'z-o'zidan kelmaydi. Buning uchun har bir yo'nalishda ish olib borish lozim. Selekciya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yib, yangi istedodlarni topish, hakamlik korpusini rivojlantirish, murabbiylar... SHuningdek, xalqaro aloqalarni ham mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi. To'g'ri, taekvondo sport turida bungacha ham natijalar bo'lgan. Ammo, biz yanada ko'proq ishlab, natijani yaxshilashimiz lozim. 

Hakamlik borasidagi ishlar

O'z vaqtida boksda ishlaganimda bu borada ish olib borganmiz. Aytib o'tganimdek, associaciyada har bir yo'nalishda ishlaymiz. Hakamlik sohasi ham bundan mustasno emas. Buning uchun albatta xalqaro aloqalarni mustahkamlab olishimiz lozim. Nima uchun xalqaro musobaqalarda O'zbekistondan hakam bo'lmasligi lozim? Boks bo'yicha musobaqalarda hakamimiz bor. SHuningdek, futbol bo'yicha ham fahrimiz, g'ururimiz Ravshan Ermatov bor. Uni butun dunyo taniydi. SHu sababli, taekvondoda ham o'zbekistonlik hakamlar nufuzli musobaqalarda ishlashi uchun imkoniyat yaratilishi lozim. 

Yaxshi niyat qilamiz

Boksga kirib kelganimda, Rio Olimpiadasi uchun 11 ta licenziya qo'lga kirita olishimizni xech kim tasavvur qila olmagandi. Xattoki kulishgandi. Demak, yaxshi niyat qilamiz. Ko'rsatilayotgan etibor, yaratilayotgan sharoitlardan to'g'ri foydalansak, o'z maqsadimizga erishamiz. 

Oldinda turgan maqsadlar

Eng asosiy maqsadimiz hozir Tokio 2020 Olimpiadasidir. Bundan tashqari, taekvondoni ommaviylashtirishimiz lozim. Nafaqat, Tokio 2020, balki undan keyinni ham o'ylashimiz kerak. 


Tezkorlik bilan reja tuzib olish talab etiladi

Aytib o'tganimdek, associaciya tizimidagi murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyati tahlil qilinadi. Tezkorlik bilan yo'l haritasini tuzib olishimiz kerak. Taekvondo boksdan farq qiladi. Masalan, boksda janglar kun-ora o'tkaziladi. Taekvondoda esa bahslar bir kunda o'tib ketadi. Ana shularni hisobga olgan holda ish yuritamiz. Bir kunda jang o'tkazgan sportchi tezkorlik bilan tiklanishi talab etiladi. Sportchilarimizda farmakalogiyaga etiborni kuchaytirish, ularga noqonuniy bo'lmagan biologik vositalar istemolini taminlash kerak. Oldinda muhim ishlar turibdi. Bularni albatta bir o'zim uddalay olmayman. Vazifalarni barchamiz - birgalikda, bir yoqadan bosh chiqargan holda amalga oshirishimiz kerak. Biz shu haftadayoq Tokio Olimpiadasi uchun rejani ishlab chiqamiz. 

O'zgarishlar tarafdori emasman

Xatolar? Boksda ishlaganimda albatta xatolar bo'lgan. Bularni o'zim uchun belgilab olganman. Kadrlar masalasi haqida gapiradigan bo'lsak, hozircha o'zgartirish maqsadim yo'q. Ish davomida mutaxassislarni ko'rib chiqamiz. Agar ular o'z lavozimiga mos bo'lmasa ular o'zgaradi. Ishlamayotgan odam o'rniga boshqa mutaxassis jalb qilinadi. Agar ishlamasam - o'zim ham ketaman. CHunki, ishlamasdan, birovning o'rnini egallab o'tirishga haqqimiz yo'q. Umuman, men jamoamni tag-tugi bilan o'zgartirib tashlamayman. Terma jamoada murabbiylar almashinuvi? To'g'ri, terma jamoada so'nggi paytda ko'p murabbiy almashdi. Aytganimdek, men ko'p o'zgarishlar tarafdori emasman.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting:    

Fikrlar

   
18 iyu 07:03:19
Akbarali
Кизларни жамоасининг тренери ким буган утганган олимпиадада, ушани чакирила. Узи хам тажрибали спортсмен буган. Уша аел билан кизлар натижага эришган.
   
18 iyu 07:02:55
Akbarali
Кизларни жамоасининг тренери ким буган утганган олимпиадада, ушани чакирила. Узи хам тажрибали спортсмен буган. Уша аел билан кизлар натижага эришган.
   
18 iyu 06:58:02
Akbarali
У девушек была же тренер. Ее позовите, девушки с ней многого добились и могут добиться на Олимпиаде.
   
18 iyu 06:57:36
Akbarali
У девушек была же тренер. Ее позовите, девушки с ней многого добились и могут добиться на Олимпиаде.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing