04 avg 08:02
Yangiliklar
To'lqin Qilichev: "Elnurni bu qadar tezkor g'alaba qayd etadi deb o'ylamagandim"
To'lqin Qilichev bir necha kun avval meksikalik Leonel Morenoga qarshi ringga chiqib IBF Norht American kamarini qo'lga kiritgan Abduraimov to'g'risida fikr bildirdi:
"Elnur Abduraimov O'zbekistonga Bektemir Meliqo'ziev bilan birga qaytadi. Elnur kamar egasi bo'ldi, bu katta yutuq. Uni ustiga juda chiroyli jang ko'rsatib qo'lga kiritdi. Raqib jiddiy edi. Men ham bunaqa tezkor g'alaba qozonadi deb o'ylamagan edim. Elnurni bir jihatiga qoyil qolish kerak: u juda aniq va aql bilan ishlaydi. SHuning uchun u shoshmasdan manaman degan kuchli raqiblarni o'z yo'liga solib oladi", - dedi Qilichev.
Eslatib o'tamiz, 10 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Bahsning 1-daqiqasi oxiriga etib borayotgan bir paytda bokschimiz chap qo'ldagi kuchli zarbasi orqali raqibini yiqitdi. O'z navbatida Moreno jangni davom ettira olmadi.
Fikrlar