27 avg 18:33
Yangiliklar

To'lqin Qilichev: Ko'p narsa o'zgaradi
«Bu eng avvalo katta masuliyat. Murabbiy uchun faoliyatidagi cho'qqi, bosh murabbiy butun jamoasi uchun masul hisoblanadi. Bosh murabbiylik har bir murabbiy orzu qiladigan darajadir.
Boks bitta joyda turmaydi. Biz boshqa jamolarni qabul qilamiz, yaxshilaymiz, o'rganamiz, hamma bilan maslahatlashamiz - chunki ko'p narsa o'zgardi. Biz kubalik maslahatchi, ekspert, murabbiylarni taklif qildik. Terma jamoada ular bilan birga ishlaymiz. Ko'p narsa o'zgaradi va o'ylaymanki, barchasi foyda keltiradi.
Nimalarni qo'shamiz? Hozircha ayta olmayman. Terma jamoa uchun foydali bo'lgan hamma narsani qo'shamiz. Har kimning o'z uslubi, o'z xarakteri bor va biz eng yaxshi mutaxassislar, eng yaxshi murabbiylar bilan ishlaymiz», - dedi Qilichev sports.kz saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar