24 jan 16:25
Yangiliklar

To'lqin Qilichev: ”Ringga chiqqanda jonini berib urishishga emas, raqibning darajasiga qarab ishlashga etibor qaratdik”
Xabaringiz bor, poytaxtimiz boks bo'yicha U22 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur chempionatda terma jamoamizga bosh murabbiylik qilayotgan To'lqin Qilichev shogirdlarining imkoniyati, raqobatchilar to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
"Qozog'istonning ishtirok etmayotgani intrigani biroz tushirib qo'ymadimi? Bizning yigitlar tajriba borasida bulardan ancha baland. Ringga chiqishni o'zi katta tajriba hisoblanadi. SHuning uchun biz barcha raqiblarga jiddiy qaragan holda tayyorlandik. Ringga chiqqanda jonini berib urishishga emas, raqining klasiga qarab ishlashga etibor qaratdik. Yigitlarimiz ringda asosan raqibga qarab ishlayapti. CHempionatda barcha jamoalar bizga raqobatchi bo'lishi mumkin. Lekin eng asosiylari Yaponiya va Mongoliya deb hisoblayman. SHogirdlarimdan 13 ta oltin medal kutyapman", - dedi Qilichev saytimizga bergan intervyusida.
Fikrlar