23 mar 17:52
Yangiliklar
Tom Aspinall Aleks Pereyra bilan jang uchun gonorarini ko'tarishlarini istaydi
Agar Aleks Pereyra og'ir vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechadigan jangda Siril Ganni mag'lub etsa, amaldagi divizion chempioni braziliyalik bilan o'tkaziladigan birlashtiruvchi jang uchun gonorarini sezilarli darajada oshirishni talab qiladi.
Bu haqda yaqindan beri britaniyalik og'ir vaznli jangchining manfaatlarini himoya qilib kelayotgan promouter Eddi Xirn Pro Boxing Fans`ga bergan intervyusida malum qildi.
"Agar og'ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun Tom Aspinallni Aleks Pereyraga qarshi jang qildirmoqchi bo'lsangiz, unga hurmat ko'rsating. Agar bankda yuz million bo'lsa, menga bir million taklif qilmang. U amaldagi chempion. Bu kulgili. Nimadir qilishga to'g'ri keladi. Hozir ular juda yomon ahvolda", - dedi Xirn.
Og'ir vazn toifasida Aleks Pereyra va Siril Gan o'rtasidagi chempionlik jangi 14 iyun kuni Oq uydagi UFC turnirida bo'lib o'tadi. Tom Aspinall esa yaqinda bergan intervyusida hozircha to'liq mashg'ulot jarayonini davom ettira olmasligini, chunki ko'z operaciyasidan keyin yana to'rt oy sparringlardan tiyilishini aytdi.

Fikrlar