So’nggi yangiliklar

15:16Бугун Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 14:41Сербиядаги илк UFC турнири ташкилотнинг иккита рекордини янгилади 0 14:17Элдорбек Усмонов АҚШдаги турнирда биринчи бўлди 0 14:15Франциянинг олти карра чемпиони профессионал мақомидан маҳрум бўлиши мумкин 0 13:48Нурмагомедов: "Ҳаммасини Ислам Махачевнинг маслаҳати ҳал қилди" 0 13:17Ўзбекистон хоккейи йўқолиб кетиш хавфи остида: хоккейчилар ва ота-оналар Президентга мурожаат қилди 0 12:39Уильям Сепеда WBC чемпиони! Мураталла IBF камарини ҳимоя қилди 0 12:14Суперлига. Бугун иккита ўйин гувоҳи бўламиз. "Бунёдкор"да техник мағлубият 0 11:46Canadian Open. Учинчи ракеткамиз асосий тўрга йўл олди 0 11:11Разамбек Жамалов ва Ғуломжон Абдуллаев чемпион, яна икки эркин курашчимиз ҳам шоҳсупада (ФОТО) 0 10:42Тўрт нафар эркин курашчимиз жаҳон чемпионати шоҳсупасида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:13"Брентфорд" клуб тарихидаги рекорд харидни эълон қилди 0 09:44Арман Царукян иштирокидаги беллашув муддатидан аввал якунланди 0 09:09UFC Fight Night 283 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:38Гэтжи билан жангда юзи "таъмирталаб" бўлиб қолган Топурия ҳозирги ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0

06 mar 10:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Tom Aspinall Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall Matchroom xolding tarkibiga kiruvchi Matchroom Talent Agency kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Ushbu kelishuv doirasida Eddi Xirn Tom Aspinallning menejeri sifatida ishlaydi.

"Men o'z faoliyatimni sportchilar menejeri sifatida boshlaganman va o'tgan 30 yil ichida xalqaro yulduzlarni kashf etish, yuzaga chiqarish bo'yicha ulkan tajribaga ega bo'ldim, - dedi Xirn. - Ularning yo'li bizning yo'limiz. Ularning muvaffaqiyati bizning vazifamiz. Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall ushbu tamoyillarning ideal timsoli va jamoamizning birinchi ishtirokchisi hisoblanadi. Biz boshqalar salohiyatni buyuklikka aylantirish uchun to'siqlarni ko'rgan joyda imkoniyatlar yaratilishiga ishonamiz".

Avvalroq, Aspinall va uning otasi (uning murabbiyi ham) aralash yakkakurashlardan boksga o'tish niyatida ekanliklarini malum qilishgan edi, ammo hozircha bu haqda gap ketmayapti va Xirn Tomning UFC bilan shartnomasi doirasida uning ishlarini boshqaradi.

Eslatib o'tamiz, bir muddat avval UFC rahbari Dana Uayt Eddi Xirnning eng mashhur bokschilaridan biri Konor Bennni rekord darajadagi gonorar - 15 million dollar evaziga o'zining Zuffa Boxing boks ligasida bitta jang o'tkazish uchun o'z tomoniga og'dirib olgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing