16 noy 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Tom Aspinall: "Hech kim Pavlovich bilan jang qilishni xohlamaydi"
Britaniyalik UFC jangchisi Tom Aspinall Nyu-Yorkda (AQSH) bo'lib o'tgan UFC 295 turnirida rossiyalik Sergey Pavlovich bilan bo'lib o'tgan jang haqiqiy sinov bo'lganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Aspinall jangda nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
"Men kim bilan jang qilishimni aniq bilardim. Pavlovich raqiblarini ko'p nokautga uchratgan. U oltita jangdan buyon birinchi raunddayoq raqiblarini mag'lub etgan.
Hech kim u bilan jang qilishni xohlamaydi, ayniqsa ikki hafta ichida. Ammo, bizning sportimiz aynan mana shu. Qanday odam ekanligimni va nimalarga qodir ekanligimni bilmoqchi edim. Tayyorgarlik paytida ko'p narsa noto'g'ri ketdi, yo'lda juda ko'p to'siqlar bor edi.
Ammo, jang oldidan bergan intervyumni jangdan so'ng televizorda ko'rsam, g'alaba qozonish imkoniyatim yo'qligini aytgan ekanman", - dedi Aspinall.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar