23 apr 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Tommi Fyurining keyingi raqibi malum bo'ldi
Prof boksning og'ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschi Tommi Fyuri (10-0, 4 KO) mag'lubiyatsiz odimini davom ettira oladimi?
U bosniyalik Kenan Xanjalic (4-1, 3 KO) bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Ushbu jang 9 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan "MTK Sport Park" majmuasida bo'lib o'tadi.
Tommining ukasi Roman (4-0, 1 KO) ham ushbu musobaqa kardida jang qiladi. Uning raqibi Jozef Pebar bo'ladi. Tommi va Roman superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining ukalari hisoblanadi.
Havola :
Manba : Crossover Boxing News
Fikrlar