20 dek 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Tompson: "UFC kamari 2021 yilda meniki bo'ladi, ko'rasiz!"
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar Stiven Tompson Jeff Nilga qarshi o'tkazilgan jangdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qaytganimdan xursandman, chunki bir yil davomida jang qilmadim, UFC 244 turniridagi so'nggi jangimda qo'limni sindirib olgandim. Bu faoliyatimdagi eng uzoq tanaffuslardan biri bo'ldi.
Men haliyam shu erdaman, 2021 yilda UFC kamari meniki bo'ladi. Ko'rasiz. Hozircha esa shunchaki qaytganimdan xursandman", - dedi Tompson.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar