06 may 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Belyu bu safar ham Devid Xeyni muddatidan avval engdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey hamda birinchi og'ir vaznda sobiq chempion Toni Belyu o'rtasidagi revansh jangi o'tkazildi.
Garchi Xey dastlabki ikki raundni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan bo'lsada, yakunda g'alaba qozonish Belyuga nasib etdi. Beshinchi raundda Tonining kuchli zarbalaridan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
SHu tariqa, revansh jangida ham Belyu muddatidan avval g'alabaga erishdi. Bu ikki britaniyalik bokschining o'tgan yilning mart oyida o'tgan ilk jangida ham Belyu muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Havola :
Fikrlar