02 jan 10:10
Yangiliklar

Toni Fergyuson CHendlerga murojaat qildi
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson (25-6 MMA, 15-4 UFC) sobiq Bellator chempioni Maykl CHendler (22-7 MMA, 1-2 UFC) bilan to'qnash keladi. Ushbu jang bahor yoki uzog'i bilan yoz faslida tashkil etiladi. Jang hali rasman tasdiqlanmagan bo'lsa-da, uning ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki urushni boshlab yuborishgan.
"Men bilan aprel yoki iyun oyida jang qilishga tayyor bo'lishingni aytding. Aftidan mag'lubiyatingni kechiktirishga urinyapsan", – deya o'zining Tvitter sahifasida CHendlerga murojaat qilgan Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Toni Fergyuson so'nggi uchta jangida Jastin Getji, CHarlz Oliveyra va Beneil Dariushga imkoniyatni boy berdi. Ungacha amerikalik 12 g'alabadan iborat seriyaga ega bo'lib kelayotgandi.
O'z o'rnida 35 yoshli CHendler ham oxirgi ikkita jangida yutqazib qo'ydi. U ham Toni singari Getji va Oliveyradan "kaltak" edi.
Fikrlar