16 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson Dana Uaytga murojaat qildi
UFC jangchisi Toni Fergyuson UFC 256 kechasining markaziy bahsida oktagonga ko'tarilmoqchi.
U o'sha kuni Maykl CHendlerga qarshi bahs olib borish istagini bildirgan.
“UFC 256. Kechaning markaziy jangi. Dana, sen yilning so'nggi raqamli turnirda kuchli janglarni tashkil etishga vada bergansan. SHuning uchun muxlislar istayotgan bahsni taqdim et”,-deb yozib qoldirgan Toni.
Eslatib o'tamiz, UFC 256 kechasi 12 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida Petr Yan Aldjameyn Sterlingga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim. Biroq Toni shu kuni CHendlerga qarshi jang qilib, markaziy jang maqomini olib qo'ymoqchi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar