06 iyu 12:30
Yangiliklar
Toni Fergyuson nima uchun Islam Maxachevni hurmat qilishini aytdi
Doimiy ravishda Daniel Korme va Xabib Nurmagomedovning ustidan kulib keladigan Toni ularning jamoadoshi Islam Maxachevga o'zgacha munosabatda ekanini tan oldi. Aynan Islam AKA zalida mashg'ulot o'tkazadigan jangchilar orasida Fergyusonning hurmatini qozongan.
"Ha, men AKA zali jangchilari ustidan kulishda davom etaman. CHunki, Korme ham, Xabib ham tarozi marosimida ayyorlik yo'li bilan hammani aldagan. Bu AKAning "fishkasi". Lekin ular bilan birga shug'ullanadigan Maxachev unday emas. SHu boisdan ham uni hurmat qilaman", - dedi Fergyuson "CHas MMA" ko'rsatuvida bergan intervyusida.
Malumot uchun, ayni paytda Islam Maxachev UFC engil vazn toifasi reytingida 4, Toni Fergyuson esa 9-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar