So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

31 iyu 14:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Toni Fergyuson oltinchi mag'lubiyatidan keyin "tilga kirdi"

Teglar :  Toni Fergyuson
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson kecha tongda Solt-Leyk-Siti shahrida o'tgan UFC 291 turnirida Bobbi Gringa yutqazib qo'ygandi.

Bu amerikalik tajribali jangchining UFC oktagonida ketma-ket qabul qilib olgan oltinchi mag'lubiyati bo'ldi. 

"Men kecha oktagonga butun dunyoga hali hamon mavjud ekanimni isbotlash uchun chiqdim. Bu jangga o'zgacha tarzda tayyorgarlik ko'rdim. Mashg'ulot lagerim ham avvalgilaridan keskin tarzda farq qildi. Faoliyatimdagi eng yaxshi tayyorgarlik jarayonini o'tkazdim deb bemalol ayta olaman. 

Jang boshlangan paytda o'zimni hotirjam va ishonchli sezdim. Bobbi ko'zimga qo'lini suqib olishiga qadar hammasi reja asosida ketayotgandi. U bu ishni atayin qildi deb o'ylayman. Bobbi avvalgi janglarida ham raqiblariga shunday hunar ko'rsatgandi. Bu holat ko'rish holatimni pasaytirmay qolmadi. Mo'ljalni aniq olishda qiyinchilikka duch kela boshladim. SHunga qaramay, jangni davom ettirishdan bosh tortish haqida o'ylamadim. Vaholanki, shifokor mendan bir necha bor jangni davom ettirmasligimni so'radi. 

Faoliyatim davomida har qanday qiyinchilikni engib o'tishga intilganman. Bu safar ham shunday bo'ldi. Afsuski, sportda har doim ham sen o'ylagan narsalar bo'lavermaydi. Omadsizliklar sportning ajralmas bo'lagi. Ko'zimga barmog'i kirib ketganini mag'lubiyatimga bahona sifatida ham keltirmayman. Oldinga intilishda davom etaman. 

Faoliyatimni yakunlash niyatidan yiroqman. Dana Uayt, Xanter Kempbell va jamoam bilan hamkorligimni davom ettiraman. Muxlislarim, oila azolarimga katta rahmat. Ularning qo'llab-quvvatlashi meni olg'a qadam bosishga undaydi. Ertaga oftalmolog huzuriga boraman va ko'zimning holatini tekshiruvdan o'tkazaman. Keyin esa tibbiy xulosaga qarab rejalarimni tuzib olaman", - dedi Fergyuson.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing