08 sen 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedovga murojaat qildi
Amerikalik jangchi Toni Fergyuson engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning faoliyatini davom ettira oladigan, uni kamida bitta jangga qaytarishi mumkin bo'lgan yagona inson ekanini aytdi.
"Faqat men Xabibni qaytarishim mumkin. Sevimli insoningizni yo'qotsangiz, albatta tanaffus qilib, ko'p narsalarni qayta o'ylab ko'rishingiz va to'g'ri deb hisoblagan narsani qilishingiz kerak. Ammo, uning otasi o'limidan oldin men va Xabib o'rtamizdagi jang bo'lishi kerakligini aytgan. Xabib buni yodda tutishi va tushunishi kerak", - deya Fergyusonning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov MMAdagi so'nggi jangini 2020 yil 25 oktyabrida Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan va raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubuiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar