20 dek 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyusonga raqib topildi
UFC matchmeykerlari Toni Fergyusonga raqib topishga muvaffaq bo'lishdi.
Bu haqida kecha o'tkazilgan UFC Fight Night 199 turniridan keyingi matbuot anjumanida tashkilot prezidenti Dana Uayt malum qildi.
"O'ylashimcha, bizda Toni Fergyuson uchun jang bor. Biz Toniga raqib topdik. Juda qiziqarli jangga guvoh bo'lamiz. Bu Neyt Dias emas. Yaqin kunlarda Fergyusonning raqibini rasman elon qilamiz. Dias esa katta ehtimol bilan Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi", - dedi UFC rahbari.
Ayni paytda 37 yoshli Toni Fergyuson UFC engil vaznlilar reytingida 7-o'rinni egallab turibdi. U o'zining so'nggi uchta jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar