14 sen 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni UFC rahbariga murojaat qildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Toni Fergyuson tashkilot rahbari Dana Uaytdan Dastin Porega qarshi jangni tashkil etib berishini so'radi.
«Dana, Pore istayotgan pulni to'lab ber. Men sizlarni hurmat qilaman. Muxlislarga ular xohlayotgan jangni ko'rishlariga imkon ber. Ular yaxshi janglarga munosib»,-dedi Toni.
Eslatib o'tamiz, Pore va Fergyuson o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni bo'lib o'tishi lozim edi. Ammo Pore UFC bilan gonorar bilan kelisha olmagani sababli jang bekor bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.com
Fikrlar