So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

19 may 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya Maxachevga rad javobini berdi: "Navbatga tur"

Muxlislar Islam Maxachev va Ilya Topuriya o'rtasidagi superjangsiz qolganiga qaramay, kelajakda bu to'qnashuvning ehtimoli saqlanib qoladi.

Faqat bitta sharti bor: gruziyalik aralash yakkakurash ustasi engil vazndagi vakant bo'lib qolgan UFC kamarini qo'lga kiritadi. Rossiyalik esa yarimo'rta vaznda o'z niyatiga etib, yana engil vaznga qaytadi va navbatga turadi. Unga to'g'ri-to'g'ri chempionlik uchun imkoniyat taqdim etilmaydi. 

"Bilasizmi, Islam avvalboshdan o'z qarorlari bilan hammani qo'shtirnoq ichida xayron qoldirayotgandi. U bir hafta avval "Mening yarimo'rta vaznga o'tishim hech qanday ahamiyatga ega emas, boisi engil vazndagi chempionlik kamarini bo'shatib qo'ymayman" degandi. Men esa o'shanda engil vaznga ko'tarilmayman, chunki yarimo'rta vaznda qirolman", deb aytgandim. Oxir oqibat kim o'z so'zida turdi? Menmi yoki u? Har doimgidek men! SHunday ekan, endi u navbatga turadi va fursati kelishini kutadi. Lekin bu navbat uzun bo'ladi", – dedi Topuriya Ispaniyadagi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachevdan vakant qolgan kamar uchun Iliya Topuriya braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang 28 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC 317 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Islam Maxachev esa yarimo'rta vaznning yangi chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jang o'tkazishi kerak. Hozircha bu jang rasman tasdiqlanmagan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing