18 okt 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya Merab Dvalishviliga Volkanovski bilan jang qilishni maslahat berdi
UFC’ning engil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriya hamyurti Merab Dvalishviliga yarim engil vazn toifasiga o'tishni va ikkinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritishga urinib ko'rishni maslahat bergan.
Topuriyaning fikricha, Dvalishvilida Aleksandr Volkanovski bilan jangda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
"Men allaqachon Merabga aytganman — u vazn toifasini ko'tarishi kerak, chunki u 100 foiz ikkinchi kamarni yuta oladi. Volkanovskiga qarshi jang haqida gap ketganda, menda natija borasida hech qanday shubha yo'q — ishonaman, Merab g'olib bo'ladi", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar