21 iyu 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya: "Oliveyrani birinchi raundda finish qilaman"
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya CHarlz Oliveyraga qarshi jangda birinchi raundda g'alaba qozonishiga ishonmoqda.
Ushbu jang 29 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC 317 turnirida bo'lib o'tadi.
"CHarlz har doim oldinga intiladi. SHu sabab menga masofani qisqartirish shart emas — u o'zi menga yaqinlashadi. Bu finish bo'ladi va jang birinchi raundda yakunlanadi», — dedi Topuriya Championship Rounds’ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, Topuriya so'nggi jangini UFC 308 turniri doirasida Abu-Dabida o'tkazib, uchinchi raundda Maks Xolloueyni nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar