So’nggi yangiliklar

13:54Хабиб отаси Махачевни залдан ҳайдаган лаҳзани эслади 0 13:27Пеленинг ЖЧ-1958 финалидаги либоси жуда қимматга сотилди 0 12:51Камару Усман Ислам Махачев билан жанги нима учун ўтказилмаганини тушунтирди 0 12:23Жастин Гэтжи ESPY мукофотини боксчига бой берди 0 11:58Конор Макгрегор: "Холлоуэй билан жанг "ўтказилмаган" деб топилиши керак" 0 11:26Марадонанинг ЖЧ-1986даги сардорлик боғичи яхшигина суммага сотилди 0 10:59Қиличбозларимиз катта таркибда Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:30Теннисчиларимиз "Дэвис Кубоги"даги иштирокини бошлашди. Натижа кўнгилдагидек эмас! 0 09:53Осиё чемпионатининг илк куни 12 та медаль қўлга киритдик, тенг ярми олтин! 0 09:27Испания — Аргентина ўртасидаги ЖЧ-2026 финали ҳакамлари маълум 0 08:56Боксчиларимиз Осиё чемпионатининг барча ёш тоифаларида биринчи бўлишди 0 08:21Велоспортчимиз Нафосат Козиева Испания кубоги совриндори! 0 07:53Марк Урванов рақиби Шоҳжаҳон Эргашев томорқасига "тош отди" (ВИДЕО) 0 07:27Трамп жаҳон чемпионларига совринни топшириши кутилмоқда 0 19:01Нодирбек Абдусатторов "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" турниридаги иштирокини бошлади 0

17 okt 18:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya Oq uydagi jang uchun raqibni aytdi. Amalga oshsa, yil jangi bo'lardi-ku!

Iliya Topuriya ijtimoiy tarmoqlarda kelasi yili Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC festivalida asosiy jang ishtirokchisi bo'laman deganda qaysi jangni nazarda tutganini oshkor qildi.

"Men Islam Maxachev bilan Oq uy oldida jang qilmoqchiman. Agar bu amalga oshsa, UFC tarixidagi eng yirik janglardan biri bo'lardi. Hali hech kim uchinchi kamar uchun jang qilmagan. Islam avvalgi vazn toifasida ustunlik qildi va boshqa vaznga o'tdi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu juda katta va ajoyib jang bo'ladi", - dedi ispaniya-gruziyalik aralash yakkakurash ustasi. 

Ushbu jang haqiqatga aylanishi uchun Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalendan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olishi, Iliya Topuriya esa o'z navbatida kelasi yil boshida o'ziga tegishli engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qilishi kerak bo'ladi.

Malumotlarga ko'ra, "El Matador" yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji yoki britaniyalik Peddi Pimblett bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing