26 dek 16:39
Yangiliklar
"Topuriya uchta toifada chempion bo'la olishi mumkin" - UFC sobiq jangchisi
"Turli divizionlarda uchta kamarni kim qo'lga kirita oladi? Iliya Topuriya. Bu yigit juda kuchli ko'nikmalar to'plamiga va mening nazarimda, yuqoriroq vazn toifalariga ham o'ta oladigan darajadagi aqlbovar qilmas kuchga ega. Vaznni oshirganda yoki kamaytirganda — men buni o'z boshimdan o'tkazganman — turli qiyinchiliklarga duch kelasan.
Men yarim engil vaznda jahon chempioni bo'lganman, eng engil vaznda esa chempionlikka davogar bo'lganman. Engilroq bo'lsang — biroz tezroq bo'lasan, og'irroq bo'lsang — biroz kuchliroq. Ammo oxir-oqibat hammasi texnika, iroda kuchi va jangchilik ruhiga borib taqaladi. Menimcha, Iliyada hozir bularning barchasi bor", — dedi Feyber.
Eslatib o'tamiz, Iliya Topuriya so'nggi marta iyun oyi oxirida oktagonga chiqib, CHarl Oliveyrani nokautga uchratgan va engil vazn toifasidagi chempionlik kamari sohibiga aylangandi.

Fikrlar