27 iyu 17:30
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
To'rt karra Olimpiya chempioni jarohat olib, bugungi bahslarni yakunladi
Sport gimnastikasi bo'yicha to'rt karra Olimpiya chempioni Simona Baylz bugungi bahslar tugamasidan, o'z chiqishlarini yakunladi.
Simona oyog'idan jarohat olganligi sababli, bugun jamoaviy chiqishlarda qatnasha olmaydi, deb yoziladi Tokio Olimpiadasining rasmiy sahifasida.
Eslatib o'tamiz, hozirda sport gimnastikasi bo'yicha jamoaviy bahslarning final bosqichi o'tkazilmoqda. Ikkita bosqichdan so'ng, birinchi o'rinda Rossiya terma jamoasi ketmoqda. AQSH esa ularga asosiy raqib. Ushbu yo'qotish AQSH uchun katta zarar bo'lish ehtimoli yuqori.
Havola :
Manba : olympics.com
Fikrlar