27 noy 18:29
Yangiliklar
To'rt karra O'zbekiston chempioni Madinabonu Mannopova: "Mamlakat chempionati yuqori saviyada tashkil etildi"
Kecha -49kg vazn toifasida Madinabonu Mannopova barcha raqibalarini mag'lub etib chempionlikka erishdi. Madinabonu O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi. Karantin yumshatilgach musobaqaga bo'lgan hozirlik kuchaytirildi. Bunda biz sport formamiz qanday holatda ekanligini ko'rib oldik.
Finalda terma jamoa yana bir azosi Dinora Muxtorovaga qarshi jang qildim. O'tgan yil ham finalda aynan unga qarshi jang qilgan edim. Katta farq bilan g'alabaga erishdim.
Kattalar o'rtasida to'rtinchi marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldim. Juda ham xursandman.
CHempionat yuqori saviyada tashkil etilgani sportchilarni albatta quvontirmay qo'ymaydi", - deydi Madinabonu Mannopova.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar