02 avg 10:42
Yangiliklar
To'rt nafar erkin kurashchimiz jahon chempionati shohsupasida + FOTOGALEREYA
Finalga etib kelgan ikki nafar erkin kurashchimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlanishdi. Jahongir To'lqunov (-55 kg) kolumbiyalik Jovanni Tovarga 0:11, SHohiddin Aliev (-65 kg) esa rossiyalik Magomed Ibragimovga 6:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda esa Farruh Mahmudov (-48 kg) tojikistonlik Muslihiddin Hojievni 12:0, Behruz Ashirov (-110 kg) gruziyalik Murtaz Bagdavadzeni 3:2 hisobida dog'da qoldirdi.
SHu tariqa, erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bugun qolgan vazn toifalarida final bellashuvlari o'tkaziladi. Lekin bugungi bahslarda biznikilardan hech kim finalda kurashmaydi. Bronza medali yo'lidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizni ko'rishimiz mumkin.

















Fikrlar