24 apr 16:08
Yangiliklar
To'rtta matchboldan chiqib ketgan Rune Myunxenda chempion bo'ldi
Daniyalik tennischi 2 soatu 49 daqiqa davom etgan final uchrashuvida ATP reytingining 29-pog'onasida borayotgan niderlandiyalik Botik van de Zandshulpni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 1/6, 7/6(5).
Qizig'i, Xolger hal qiluvchi uchinchi setda 4 ta match-boldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Daniyalik o'zaro uchrashuvlardagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bahsni jarohati bilan o'tkazgan Rune 4 ta eys, 7 ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etdi.
Germaniyadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 85,605 evro mukofot puli keltirdi. Xolger Myunxenda o'tgan yilgi chempionlik unvonini ham himoya qildi. Bu Runening mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi to'rtinchi sovrini bo'ldi.
Fikrlar