So’nggi yangiliklar

16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0 11:27Магомед Анкалаев Алекс Перейрага қарши реваншга чиққанидан афсусдалигини тан олди 0 10:55Рамазон Темиров илк бор Стив Эрцег ҳақида гапирди 0 10:24Тайсон Фьюрининг жанги жонли эфирда намойиш этилмайди 0 09:52МЮ афсонаси Аргентинанинг финалдаги ўйини ҳақида: "Бир қоп аҳлатдек ўйнашди" 0 09:11Бугун Иқболжон Холдаров ва Самандар Олимов Арманистонда рингга чиқади 0

13 noy 09:58
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent-2025: OOK protokol menejeri tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Ayni kunlarda Qatar Sport va Olimpiya muzeyi direktori, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning protokol menejeri Abdulla Al Mulla yurtimizda bo'lib turibdi.

Mehmon tashrifi davomida o'z yo'nalishida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda.

Janob Al Mulla dastavval Olimpiya shaharchasida bo'lib, u erda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko'zdan kechirdi. SHundan keyin MOQda o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuvda Qo'mita Bosh kotibi, Toshkent-2025 direkciyasi direktori Oybek Kasimov, shuningdek, O'yinlar direkciyasining xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida protokol bo'yicha tayyorgarlik rejasi batafsil ko'rib chiqildi. Bundan tashqari, O'yinlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlariga olib borilayotgan hozirlik, musobaqa mehmonlari uchun yaratiladigan sharoitlar, faoliyat olib boradigan ko'ngillilarni to'g'ri taqsimlash kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yaqinda yurtimiz mezbonlik qilgan futzal bo'yicha jahon chempionati alo darajada tashkil etilgani alohida etirof etildi. O'z navbatida, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari ham yuqori saviyada o'tkazilishi aytib o'tildi. Yig'ilish yakunida direkciya xodimlari mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing