So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

17 okt 16:09
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik OAV xodimlari nigohida

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasidagi obektlarda kelasi yil og'ir atletika va voleybol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi.

Bu haqida Toshkent-2025 direkciyasi direktori, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Muvofiqlashtiruvchi qo'mitasining o'rganish ishlari yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumanida malum qildi. 

Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o'tgan tadbirda Xalqaro Xokkey Federaciyasi Prezidenti, OOK koordinacion qo'mitasi raisi Tayyab Ikram, OOK Bosh direktori o'rinbosari Vinod Kumar va O'zbekiston Respublikasi Sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ham ishtirok etishdi.

Dastavval, Tayyab Ikram o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdi. Mutaxassis amalga oshirilayotgan loyihalar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganidan mamnun ekanini bildirdi. Qolaversa, Sport vazirligi, MOQ va federaciyalar birgalikda katta hajmdagi ish olib borayotgani, bunday musobaqani o'tkazish orqali O'zbekistondagi sport infratuzilmasini yaxshilash va terma jamoalarimiz, yoshlarimiz uchun eng zamonaviy inshootlarni taqdim etish ko'zda tutilganini alohida etirof etdi.

SHuningdek, Vinod Kumar ham ijobiy fikrlar bilan o'z xulosalarini bayon etdi. Unga ko'ra, yurtimizga so'nggi tashrifi bilan taqqoslaganda juda katta o'zgarishlarga guvoh bo'lgani, Olimpiya shaharchasining qurilish jarayoni ham yuqori tempda ketayotgani, O'yinlardan oldin poytaxtimizda OOKning Ijroiya qo'mita yig'ilishi, Bosh Assambleyasi kabi nufuzli tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutilganini takidladi.

O'z navbatida, Oybek Omilovich qator mavzular haqida fikr bildirdi. Xususan, muvofiqlashtiruvchi qo'mita bilan tayyorgarlik bo'yicha barcha yo'nalishlar muhokama qilib olingani, bevosita O'yinlardan oldin yangi arenalarda og'ir atletika hamda voleybol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati, suzish, engil atletika, triatlon, velosport bo'yicha sinov musobaqalarini tashkil etish orqali yangi inshootlarni testdan o'ktazish ko'zda tutilgani haqida to'xtaldi.

Qolaversa, SHahrullo SHaripovich yurtimiz shu paytgacha ayni bir sport bo'yicha jahon chempionatlarini yuqori saviyada o'tkazib kelgani, biroq bunday katta masshtabdagi kompleks musobaqani birinchi bor qabul qilishimiz ulkan masuliyat yuklayotgani, davlatimiz tayyorgarlik bilan bog'liq barcha jarayonni to'la qo'llab-quvvatlayotgani haqida so'z oldi.

Anjuman davomida OAV xodimlari transport-logistika, IT, marketing va media kabi yo'nalishlar bo'yicha ham o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing