22 sen 19:19
Yangiliklar
Dzyudo

Toshkent Gran-prisi. Bekmurod Oltiboev kumush medal sohibi!
Poytaxtimizdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-pri turniri yakuniga yaqinlashdi.
Hozirgina erkaklar o'rtasidagi +100 kg vazn toifasida final bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboev 2018 yilgi jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishviliga qarshi tatamiga chiqdi.
Afsuski, bu bellashuvda tajriba o'z so'zini aytdi. Har ikki sportchi bittadan vazariga ega bo'lishdi. Uchrashuv yakunlanishiga 30 soniya qolgan bir paytda Guram usul qo'llab, g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Oltiboev kumush medalga ega bo'ldi.
SHu vaznda qatnashgan yana bir polvonimiz Alisher Yusupov bronza medali uchun bahsda yutqazib, 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar