21 sen 14:38
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkent Gran-prisi. Kamoliddin Rasulov ilk finalchi, birinchi oltin aniq bor!
Poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan polvonimiz Kamoliddin Rasulov Gran-prining finaliga yo'l oldi. Vatandoshimiz yarim final bellashuvida rossiyalik Abas Azizovni vazari bahosi evaziga mag'lub etib, oltin medal uchun bahsda kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Etiborga molik jihati, ushbu vazn toifasidagi oltin medal har qanday holatda ham o'zbekistonlik dzyudochiga nasib etadi. Ikkinchi yarim finalda to'qnash kelayotgan Muso Sobirov va SHarofiddin Boltaboev bahsidan so'ng Rasulovning raqibi aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar