20 dek 11:31
Yangiliklar
Toshkent karate bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Musobaqa doirasida Osiyo karate federaciyasining konferenciyasi o'z ishini boshladi. Unda Butunjahon karate federaciyasi prezidenti Antonio Espinos, shuningdek, Osiyo karate federaciyasining birinchi vice-prezidenti Alam Mullaev ham ishtirok etdi.
Ushbu tadbir kun tartibidan kelasi yil o'tkaziladigan qita chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi o'rin olgan edi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qita chempionatini qabul qiladigan bo'ldi. Qayd etish joiz, avvalgi mezbon davlatlar o'z yurtlaridagi epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmaydigan bo'lgan edi.
Dastlabki rejaga ko'ra, qita birinchiligi Osiyo o'yinlaridan avval o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Bu esa karatechilarimiz uchun muhim start oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Toshkent 2019 yil iyul oyida kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilgan edi.
Fikrlar