So’nggi yangiliklar

12:26“Истиқлол”: Машарипов операция қилинди 0 12:05Sofia European Open 2026. Бугун 8 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:44Мадримовнинг вазнидаги россиялик чемпион камаридан маҳрум бўлди 0 11:23Маржона Нуруллоева Sofia European Open 2026 совриндори 0 11:02Sofascore. Файзуллаев ва гол урган Шомуродов неча баҳо олди? 0 10:41Шавкат Раҳмонов Naiza FC турнирида қўлтиқтаёқда кўриниш берди + ФОТО 0 10:20Tata Steel Chess 2026. Таъқибчисини мағлуб этган Абдусатторов якка пешқадам, Cиндаров соф иккинчи + ФОТО 0 09:59AND STILLLL! Алекс Волкановски реваншда ҳам Диего Лопесни мағлуб этди 0 09:30АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Экитикедан дубль 0 09:04UFC 325. Хукер ва Сен-Дени ўртасидаги co-main event жанг муддатидан олдин якунланди 0 08:42UFC 325 турнирининг прелим кард барча жанг натижалари битта хабарда 0 08:35Рафаэль Физиев навбатдаги мағлубиятни қабул қилиб олди 0 08:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"га 3 та гол урди 0 08:07UFC 325. Туиваса Тейшейрага мағлуб бўлди 0 07:41Бугун Australian Open'да финал: Жокович Алькараз билан тўқнаш келади 0

05 dek 11:13
Yangiliklar

Karate

Toshkent karate WKF bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonik qiladi

16-20 dekabr kunlari Toshkentda karatening WKF yo'nalishi bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytda barcha yosh toifasidagi terma jamoalar poytaxtimizdagi dzyudo markazida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishmoqda. 

Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov va Azizjon Kamilov, O'zbekiston karate WKF federaciyasi raisi Rashid Talipov tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirish uchun ushbu bazaga tashrif buyurishdi.

Mutasaddilar barcha murabbiy va sportchilar bilan uchrashib, ularning ahvoli, kayfiyati, tayyorgarlik jarayoni haqida yaqindan suhbatlashishdi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda sportchilarimizga omad tilab, bo'lajak bahslarda har bir g'alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlarini so'rashdi.

Ayni paytda 50 nafardan ortiq sportchi, 8 nafar kumite va 2 nafar kata murabbiylari ushbu yig'inda jam bo'lishgan. Mashg'ulotlar 2 dekabrda boshlangan bo'lib, 15 dekabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing