So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

06 mar 17:38
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent “Katta Dubulg'a” musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Katta Dubulg'a
Poytaxtimizda o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” musobaqasining ikkinchi kun dasturi davomida turnirning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda bugun yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi. 

Marosimda so'zga chiqqan rasmiylar ilk bor yurtimizda o'tkazilayotgan ushbu musobaqaning ahamiyati, bugungi epidemiologik murakkab davrga qaramay hukumatimizning uni qo'llab-quvvatlayotgani haqida to'xtalib o'tishdi. 

“Dzyudo o'zbek yoshlari orasida eng sevimli sport turlaridan biri. Bunga sabab esa dzyudochilarimizning xalqaro arenalarda muntazam muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishidadir. Hozirgi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramasdan hukumatimiz shunday yirik darajadagi musobaqani o'tkazish tashabbusimizni qo'llab-quvvatlamoqda. Bu esa muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida ilgari surilayotgan tashabbusning ayni isbotidir. Hurmatli mehmonlar, biz ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil qilib, Prezidentimiz barpo etayotgan Yangi O'zbekistonning imkoniyatlarini butun dunyoga namoyish qilishni niyat qilganmiz”, – dedi MOQ raisi. 

“Aziz mehmonlar va mezbonlar, barchangiz dzyudo bo'yicha Toshkentda o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” musobaqasiga xush kelibsiz. Sizlarni dzyudo oilasi va o'z nomimdan koronavirus pandemiyasi davrida ilk bor ushbu sport turida muxlislar bilan o'tkazilayotgan musobaqada ko'rib turganimizdan mamnunmiz. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining dzyudo sportini rivojlantirish yo'lida olib borayotgan say-harakatlaridan mamnunmiz. Bilamizki, O'zbekiston boy tarixga, madaniyatga ega mamlakat. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilab o'taman va Toshkent “Katta Dubulg'a” musobaqasini ochiq deb elon qilaman”, – dedi Marius Vizer. 

"Sizlarni yurtimizda ko'rib turganimizdan behad xursandmiz. Birinchi galda dunyoda saqlanib qolayotgan pandemik vaziyatga qaramay, taqvimdan o'rin olgan bu kabi nufuzli musobaqalarni muvaffaqiyatli tarzda o'tkazib kelayotgan Xalqaro dzyudo federaciyasiga rahmat aytmoqchiman. O'zbekistonga katta ishonch bildirilib, nufuzli “Katta Dubulg'a” turniri mezbonligi topshirildi. Uch kun davomida “Humo Arena” saroyida dunyoning kuchli dzyudochilari ishtirokida o'tkaziladigan turnirni yuqori saviyada tashkil etishga astoydil harakat qilamiz. Bu borada O'zbekiston hukumatining, xususan davlatimiz rahbarining kuchli qo'llab-quvvatlashini his qilyapmiz.  Fursatdan foydalanib, Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun kurashga shay bo'lib turgan barcha ishtirokchilarga Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida omad tilayman. Yana bir bor O'zbekistonga xush kelibsiz!", - dedi A.Kamilov.   

SHuningdek, tadbir davomida Ravshan Irmatov ham so'z olib, Xalqaro dzyudo federaciyasiga bunday nufuzdagi musobaqani o'tkazishni O'zbekistonga topshirilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. 

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro dzyudo federaciyasi madhiyasi sadolari ostida marosim o'z yakuniga etdi va final bellashuvlariga start berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing