02 mar 10:12
Yangiliklar
Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kunidan so'ng umumjamoa hisobida ikkinchimiz + JADVAL
Bo'lajak Olimpiada mezbonlari musobaqaning birinchi kuni 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ikkala tillani ham terma jamoaga franciyalik ayol dzyudochilar taqdim etishgan. Amandin Bushar va Prisilla Gneto sharafiga "Humo Arena"da Franciya madhiyasi ikki bor yangradi.
Ikkinchi o'rindan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan joy olgan. Qashqadaryolik Doston Ro'ziev -60 kg vazn toifasida tengsiz bo'ldi, turnir kashfiyotiga aylangan Gulhayo Jo'raeva finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, faoliyatida ilk bor kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kuchli uchlikka Tojikiston terma jamoasi yakun yasab bergan. Kecha Nurali Emomali -66 kg vaznda chempionlik shohsupasiga ko'tarildi.
Fikrlar