16 iyu 06:04
Yangiliklar
Toshkent tumanida karate bo'yicha "Keles-Open" xalqaro turniri o'tkaziladi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash, mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga, xususan, karate sport turiga keng jalb etish, istedodli yoshlarni erta aniqlash, qolaversa, Osiyo va jahon chempionatlari, olimpiya o'yinlariga munosib nomzodlarni tarbiyalash maqsadida tashkil etilayotgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar ishtirok etishadi.
SHuningdek, xalqaro turnirda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilarning qatnashishi kutilmoqda.
Musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun ayni paytda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar