So’nggi yangiliklar

23:03Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди 0 18:47Гэтжи Хабибнинг сўнгги жанги ҳақида: "Ўша оқшом уни ер юзидаги хеч ким мағлуб эта олмасди" 0 18:26Аспиналл Волков билан реванш учун ўз шартини айтди 0 18:05Эшитдик-да! Аёллар ва футзал жамоаси энди Суперлига клублари учун мажбурий бўлмайди 0 17:43Александр Усик навбатдаги жангини 2026 йилнинг биринчи ярмида ўтказади 0 17:22WTA рейтинги. Тимофеева Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси! (+Жадвал) 0 17:01Чарло Кроуфорд билан жанг қилишга тайёр эканлигини айтди 0 16:40"Ган учун 25 дақиқа қочиб юриш қийин бўлади" - Аспиналл 0 16:19"Олтин тўп" соҳиби жароҳатидан фориғ бўлди 0 15:58Suzhou Challenger. Мамлакатимизнинг етакчи теннисчилари асосий тўрнинг илк даврасида кортга чиқишди 0 15:37Шаҳрам Ғиёсовнинг промоутерлари чемпионлик жанги учун охиригача курашади 0 15:16Тошкентда Ўзбекистон ва Қозоғистон дзюдочиларининг қўшма машғулоти бошланди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:55Гвардиола: "У - мен кўрган энг иқтидорли футболчилардан бири" 0 14:34Махачевнинг мураббийи: "Топуриянинг заиф томони бор" 0 14:13Америкалик шахматчи Народицкий 29 ёшида вафот этди 0

08 iyu 18:23
Yangiliklar

Karate

Toshkent tumanida karate WKF bo'yicha "Keles Open" xalqaro turniri o'tkaziladi

15-16 iyun kunlari Toshkent tumani markazidagi tuman sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida karate WKF bo'yicha "Keles Open-2024" xalqaro turniri bo'lib o'tadi.

O'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida beshinchi bor ananaviy tarzda o'tkazilayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iz Respublikasi hamda Rossiya davlatidan keladigan eng sara karatechilarning ishtirok etishi kutilmoqda. 

Toshkent tumani hokimligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, O'zbekiston karate (WKF) associaciyasi, Toshkent tumani sport maktabi va boshqa qator masul tashkilotlar "Keles karate" sport klubi bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan ushbu xalqaro musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 356-sonli qarori ijrosini taminlash, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga, xususan, karate sport turiga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarga jalb etishdan iborat bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing