So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

23 iyu 19:52
Yangiliklar

Karate

Toshkent tumanida "Keles Open" xalqaro musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Keles Open
21-22 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida karate WKF bo'yicha "Keles Open" oltinchi ananaviy xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, O'zbekiston karate WKF associaciyasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo'limi, Toshkent tumani sport maktabi kabi qator tashkilotlar "Keles Karate" sport klubi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ-356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini taminlash hamda iqtidorli sportchilarni saralash orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlari hamda qo'shni Qozog'iston va Tojikiston davlatlardan 4 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta bo'lgan 700 nafardan ziyod sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan oltinchi ananaviy turnirni Toshkent tumani sport maktabi murabbiyi, "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Bekzod Abdulhamidov, bosh hakam Sanjar Maqsudov, Toshkent viloyati bosh murabbiyi Xurshid SHodibekov, para karate bo'yicha bosh murabbiy SHoxruh Jo'raev boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Turnirning tantanali ochilish hamda g'oliblarni taqdirlash marosimida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, O'zDJTSUning Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, docent SHuhrat Arslonov, xalqaro toifadagi sport ustasi Komil Adilov va boshqalar ishtirok etdi.

Musobaqa doirasida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomonidan xalqaro musobaqalarda natija ko'rsatgan Toshkent tumani yosh karatechilarini ham alohida tabriklab, ularga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirdi.

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Sirdaryo viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, ikkita uchinchi o'rin Toshkent shahri va xorazmlik sportchilarga nasib etdi.

Musobaqada barcha vazn toifasiga ko'ra g'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing